"Real", "Barselona", "Atletiko" va "Atletik" 2022 yilgi Ispaniya Superkubogida ishtirok etadi. "Atletiko" Ispaniya chempioni sifatida, "Barselona" esa mamlakat kubogi sohibi sifatida ishtirok etsa, La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Real" va kubok finaliga chiqqan "Atletik" ham mazkur musobaqadan o‘rin oladi.
Reglamentga muvofiq mamlakat chempioni Superkubok yarim finalida kubok finalchisiga qarshi bahs olib boradi. Ispaniya kubogi g‘olibi esa La Ligada 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Ya’ni, "Atletiko" jamoasi Bilbaoning "Atletik" klubi bilan, "Barselona" esa "Real" bilan Superkubok finali yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Ispaniya Superkubogi 2022 yil yanvar oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Yangi formatdagi Superkubok turniri hozirga qalar ikki marta o‘tkazilgan va unda "Real" hamda "Atletik" g‘olib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi