10:48 / 25.05.2021
16 355

Jahongir Ortiqxo‘jayev Shota Arveladzega qo‘ng‘iroq qilgan...


Kuni kecha “Paxtakor” klubi boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu xususida saytimiz orqali xabar bergandik. Endi esa jamoa muxlislari yanada yaxshi o‘zgarishlarga umid qilyaptilar.

Oxirgi paytlarda “Paxtakor”ning sobiq ustozi Shota Arveladzening klubga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar quloqqa chalinayotgandi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, bunday xabarlarda jon bor edi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Arveladzeni “Paxtakor”ga qaytarish uchun shaxsan o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilgan va bu masala bo‘yicha ular o‘zaro gaplashishgan. Bu haqida “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov sports.uz'ga ma’lum qilgan. Lekin Shota Yustinovich sobiq jamoasiga qaytish taklifini ma’lum sabablarga ko‘ra qabul qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahongir Ortiqxo‘jayev Shota Arveladzega qo‘ng‘iroq qilgan...