23:30 / 26.05.2021
3 284

Terma jamoamiz yig‘in doirasidagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi


Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralash uchrashuvlari oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgan. Yig‘in doirasidagi ilk bahs Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechdi.

Qo‘shni davlat vakillarining iltimoslariga binoan, yopiq tarzda o‘tkazilgan o‘yinda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Gollarga terma jamoamiz safida Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov mualliflik qildi.

O‘zbekiston – Turkmaniston 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar
: … 0:1, Otabek Shukurov (pen.) 1:1, Odil Hamrobekov (pen.) 2:1

O‘zbekiston 1-taym: Sanjar Kuvvatov, Xojiakbar Alijonov, Islom Kobilov, Azim Axmedov, Ibroximxalil Yuldashev, Odil Axmedov, Doston Xamdamov, Otabek Shukurov, Xojimat Erkinov, Temurxuja Abduxolikov, Abror Ismoilov.
O‘zbekiston 2-taym: Valijon Rahimov, Farruh Sayfiyev, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Odil Hamrobekov, Oybek Bozorov, Sanjar Qodirqulov, Farruh Ikromov, Shohruz Norxonov.

O‘zbekiston MTJ navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Dubayda Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamiz yig‘in doirasidagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi