Foto: O‘FA matbuot xizmati
Iyun oyida JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘ynaydi.
Safar oldidan bugun O‘zbekiston MTJ a’zolari O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov bilan uchrashdi.
Futbolimiz rahbari terma jamoa oldida turgan musobaqalarning mas’uliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o‘yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston MTJ ertaga so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.
Qisqa muddatli tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, vakillarimiz Dubay shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Avstraliya terma jamoasi tarkibidagi bir necha futbolchi jarohat olganligi sababli, Avstraliya tomoni 29 may kungi O‘zbekiston MTJga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligini ma’lum qilgan. Shu sababli, termamiz 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to‘p suradi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi