3 284
Bahodir Jalolov qozog‘istonlik azaliy raqibi Kamshibek Kunkabayevni mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari 31 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Osiyo chempionatining markaziy jangi +91 kg vazn toifasi vakillari Bahodir Jalolov va Kamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston vakilini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Bahodir Osiyo chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu Bahodir va Kamshibek o‘rtasidagi o‘zaro 6-jang edi. Hisob 4:2 Bahodir foydasiga.
Avvalroq Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Bobousmon Boturov (-69), Saidjamshid Ja’farov (-75) va Dilshodbek Ro‘zmetov (-81) finalni g‘alaba bilan yakunlab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) esa finalda mo‘g‘ulistonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgandi.
O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar birinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?