20:00 / 03.06.2021
2 674

“Barsa” qariya Messiga to‘rt yil dahshatli maosh to‘laydi!


“Barselona” rahbariyati jamoa yetakchisi Lionel Messiga yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 60 million yevro miqdorida maosh to‘laydigan bo‘ldi.

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, argentinalik hujumchi to‘rt yil davomida 240 million yevroga ega bo‘ladi. Shartnomada Leo ikki yil davomida “Barselona”da to‘p surganidan keyin Kataloniya klubi elchisi sifatida AQSH chempionatiga yo‘l oladi.

 Messi AQSHda Devid Bekxemga qarashli bo‘lgan “Inter Mayami” jamoasida yana ikki mavsum to‘p tepadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin argentinalik hujumchi Kataloniyaga qaytib, olti yil davomida yuqori lavozimlardan birida ishlaydi.

Qizig‘i shundaki, koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy inqiroz davom etayotgan bir paytda bir futbolchiga yiliga 60 million yevro dahshatli maosh sifatida baholanmoqda. Chunki, yangi avlod yulduzlari – Kilian Mbappe va Erling Xolandni olishga intilayotgan jamoalar ham Messiga mo‘ljallangan maoshning yarmini ham taklif eta olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa” qariya Messiga to‘rt yil dahshatli maosh to‘laydi!