“Real”Anchelottiga tarkibni tozalab beradi. 7 futbolchi ketishi kerak!

“Real”Anchelottiga tarkibni tozalab beradi. 7 futbolchi ketishi kerak!
Karlo Anchelottini bosh murabbiylikka tayinlagan “Real” yozda kamida yetti nafar futbolchini sotib yuboradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, birinchilardan bo‘lib Garet Beyl, Martin Edegor, Braim Dias, Dani Sebalos, Xesus Valexo, Luka Yovich va Takefuse Kubaga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin. Bu o‘yinchilarning aksariyati mavsumni turli jamoalarda ijarada o‘tkazdi.

Ularga boshqa jamoalardan takliflar yetarli ekanini ham aytish joiz. Bu futbolchilar transferidan keladigan mablag‘ Karlo Anchelotti tanlagan yangi o‘yinchilarni olishga yo‘naltiriladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar