
“Nasaf” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun "ajdarlar" Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Toshkentdagi "To‘qimachilik" stadionida bo‘lib o‘tdi. Nazorat bellashuvida “Nasaf” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Har ikkala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi. 19-daqiqada Jo‘rabek Mannonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to‘pini G‘olib G‘aybullayev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 28-daqiqada Dilshod Saitovning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Shohmalik Komilov namanganliklar darvozasiga kiritdi. “Navbahor”ning yagona javob goliga 62-daqiqada Slavisa Stoyanovich mualliflik qildi.
“Nasaf” tarkibi: Azamat Soyibov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Jo‘rabek Mannonov, Husayn Norchayev (Ja’far Karimov, 80), Suhrob Nurilloyev (Shahzod Akramov, 60), Akmal Mozgovoy (Abubakr-Rizo Turdialiyev, 46), Sardor Sa’dullayev (Jasur Jumayev, 75), Sherzod Nasrullayev, Shohmalik Komilov (Marko Stanoyevich, 46), Ukeme Uilyams (Murodbek Rahmatov, 40).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar