Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2022 musobaqasi saralashi doirasida 15 iyun, seshanba kuni Saudiya Arabistoniga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:3). O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ushbu uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Raqib bugun kuchliroq harakat qildi. Saudiya Arabistonini ikkita o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklagan bo‘lardim. Ehtimol, ular Jahon Chempionatiga chiqar, jamoaga omad tilaymiz. Boshqa tomondan juda qayg‘uli holat, O‘zbekistonda ko‘plab muxlislar bizdan g‘alaba kutgandi, biz ulardan natija uchun uzr so‘raymiz.
Futbolchilarni ruhiy tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatom. Boshidan nima uchun bunchalik bo‘shashganimizni tushuntirib berishim qiyin.
Biz Saudiyaning qarshi hujumda tez harakat qilishini bilardik, ular buni yaxshi uddalaydi. Shunga qarab qanotlarni kuchaytirdik. Lekin oldinga o‘tib ketib, birinchi va ikkinchi gollarni qabul qilib oldik. Raqiblarimiz juda osonlik bilan darvozamizga yo‘l topa oldi. Birinchi taymda raqib qarshi hujumga o‘tib ketmasligiga harakat qildik, afsuski, hujumga berilib ketdik va xatoga yo‘l qo‘ydik.
Keyin esa kutilmaganda ikkinchi golni qabul qilib oldik. Saudiya Arabistoni darvozasi oldida deyarli xavfli hujum ham tashkil eta olmadik. Imkon yetganicha harakat qildik. Lekin kutilmaganda gollar o‘tkazib yubordik va o‘yin uslubimiz yo‘qolib qoldi. Meni ko‘proq gol ura olmaganimiz hayron qoldirdi", - dedi Vadim Abramov.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Jahon Chempionatlari saralashi doirasida so‘nggi, 3-bosqichga chiqa olmadi. Mazkur o‘yinda Vadim Abramov shogirdlariga keyingi bosqichga chiqish uchun durang natija ham kifoya qilardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi