Yozgi transferlar mavsumida Oston O‘runov yana Rossiya matbuotida eng ko‘p tilga olinadigan, muhokama, munozara, tahlil va tanqid qilinadigan futbolchiga aylanadigan ko‘rinadi.
Ma’lumki, “Spartak” o‘zbekistonlik yarim himoyachini asosiy tarkibga kiritmadi, uni transfer qilmoqchi bo‘lgan “Rubin” va “ Ufa”dan bu klublar ko‘tara olmaydigan darajada transfer summasini talab qildi, oxir-oqibat 20 yoshli legioner ikkinchi jamoada Rossiya Milliy futbol ligasida to‘p tepishi lozimligini uqtirdi. Oston mavsumga tayyorlanish uchun “Spartak-2”ga jo‘natildi.
Qiziq, bir yil muqaddam Rossiya premer-ligasining barcha yetakchi klublari orzusiga aylangan va hatto, Germaniyaning “Gerta”si qiziqish bildirayotgani aytilgan iste’dodli yosh futbolchi oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan hech kimga kerak bo‘lmay qoldi.
Rossiya matbuotining yozishicha, Oston O‘runovga yangi taklif tushdi. O‘zbek futbolchisini Vengriyaning eng qudratli klubi “Ferensvarosh” avval ijaraga olib, keyin uning transfer huquqini to‘liq sotib olish taklifi bilan chiqqan.
Biroq, Oston O‘runov bu chorlovni rad etdi. Ta’kidlanishicha, hamyurtimizni Budapesht shahri sharafini himoya qilayotgan klub vakillari va’da qilgan maosh miqdori umuman qoniqtirmagan ekan.
Shu o‘rinda, “Ferensvarosh” jamoasi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni ma’qul topdik. 1899 yili tashkil etilgan bu klub Yevropada ancha mashhur. Budapeshtliklar 32 marta mamlakat chempionaligini qo‘lga kiritib, bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi. Kubok bahslarida ham 23 marta bosh sovringa ega chiqib, rekord o‘rnatgan.
Xullas, Ostonga Vengriyaning yetakchi klubi bergan taklif yoqmadi. Bu tomondan “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova klubni sudga tortgan sobiq bosh direktor Shamil Gazizovning “yuzini” ochib tashlash uchun turli gap-so‘zlarni matbuotga olib chiqmoqda. Jumladan, Zarema Shamil Gazizovga zarba berishda Oston O‘runov transferini ham tinch qo‘ymayapti.
Zarema hamyurtimiz maosh masalasida “Ferensvarosh”ga o‘tmaganidan keyin bu mavzuga ham o‘zining antiqa munosabatini bildirdi.
- Taxminimcha, bu futbolchi aslida qancha maosh olishini ham bilmaydi. Uning maoshini Shamil Gazizovning plastik kartasiga o‘tkazishsa kerak. Unga ko‘pi bilan o‘n foizi qoladi, qolganini “otasi” oladi. “O‘g‘il”ning qorni to‘q, usti but, mashinasi bor va “Spartak”da uni yaxshi boqishadi, “otasi” xabar olib turadi.
Lekin O‘runovni birinchi jamoaga qo‘shib bo‘lmaydi. Shamil Gazizov u orqali jamoaning taktik sxemalarini bilib olib, raqiblarga tarqatib yuborishi mumkin. Pul evaziga, albatta. Nega u 20-30 million yevroga tortadigan salohiyatli futbolchini tashlab qo‘ydi? Uning karerasini rivojlantirishga harakat qilmayapti-ku, - dedi Zarema Salixova.
Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov “Spartak”ga yangi o‘tgan paytda jurnalistlar undan maoshi haqida so‘ragan edi. O‘shanda futbolchimiz pulni otasi olishi va o‘ziga yetarli darajada mablag‘ qoldirishini aytgandi. Zarema Salixova esa bu gapdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, Shamildan alamini olishga harakat qilmoqda.
Xullas, Oston O‘runov mavzusi hali beri tinadiganga o‘xshamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi