"Surxon"da o‘zgarishlar: Rufat Akramxo‘jayev iste’foga chiqdi, Abdumajid Toirov sport direktori etib tayinlandi

Sport1 daqiqa o'qish2.1K
"Surxon"da o‘zgarishlar: Rufat Akramxo‘jayev iste’foga chiqdi, Abdumajid Toirov sport direktori etib tayinlandi
"Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Rifat Akramxo‘jayev oilaviy muammolar sabab, o‘z arizasiga ko‘ra jamoani tark etmoqchiligi to‘g‘risida ariza qoldirgan edi va ushbu ariza klub rahbarlari tomonidan qanoatlantirildi, - bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Surxon" jamoasi shu kunlarda jamoaga yangi bosh murabbiy variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Yangi bosh murabbiy e’lon qilingunga qadar jamoani birinchi davra so‘nggi turi va ikkinchi davraga katta murabbiy Rustam Aripov va texnik direktor Bahrom Haydarovlar tayyorlab boradi. Transfer oynasi vaqtida ham seleksiya ishlari olib borilishi va har bir chiziq kuchaytirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, futbol muxlislariga birdek yaxshi tanish bo‘lgan, surxondaryolik Toirovlar sulolasining kattasi Abdumajid Toirov "Surxon" futbol klubi sport direktori etib tayinlandi.

Abdumajit Abdumurotovich zimmasiga yozgi transfer oynasi vaqtida mahalliy, yosh va tajribali futbolchilarni topish hamda ularni jamoaga jalb qilish vazifasi yuklatildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?