Xabaringiz bor, “Turon” klubiga yaqinda Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Ungacha klub rahbariyati bir qator murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqqan.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Osiyo Chempionlar ligasida shov-shuv ko‘targancha “Al-Hilol”dek musobaqa favoritini tor-mor keltirib, guruhdan chiqqan “Istiqlol” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan muzokaralarga kirishilgan. Umuman olganda, unga bir qator klublarimiz qiziqish bildirishgan.
- Ha, qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Superliganing ikkita klubidan menga takliflar kelib tushgandi. Ammo bugungi kunga kelib o‘sha jamoalar musobaqa jadvalininng yuqori o‘rinlardan past ekanligi bois o‘sha takliflarni rad etishni ma’qul topdim. Klublarda endilikda boshqa murabbiylar ishlashga kirishgan. Ulardan biri “Turon”, - dedi Levchenko.
Shuningdek, “Istiqlol” ustozi o‘ziga “Navbahor”dan ham taklif tushgani borasida quyidagilarni aytdi:
"Aytishim joizki, qishda xizmatimga “Navbahor”dan yaxshi taklif bo‘ldi. Biroq shaxsiy masala bilan bog‘liq jihat tufayli o‘sha taklifni rad etishga majbur bo‘ldim. Hozir butun e’tiborim Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 finaliga qaratilgan. Biz muvaffaqiyatli yurishimizni davom ettirishni xohlaymiz". “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?