22:22 / 12.07.2021
3 813

Eldor Shomurodov Avstriyaga keldi!


A Seriyaning yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlagan “Jenoa” dastlabki xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Avstriyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

12 iyul kuni genuyalik futbolchilar Avstriyaning Noyshtift shahriga yetib keldi. Yozgi tayyorgarlikning birinchi bosqichi 24 iyulga qadar shu yerda davom etadi.

Bosh murabbiy Davide Ballardini bu yig‘inga Kevin Agudelo, Lorenso Andrenachchi, Mattia Bani, Mikele Beso, Flavio Byanki, Aleksandr Buksa, Andrea Kambyaso, Franchesko Kassata, Gabriel Sharpante, Luka Keriko, Jandrey Chitolina, Domeniko Krishito, Lenennart Chiborra, Andreyemi Mattia Destroigrio, Lenennart Chiborra, Djavi Mattia Destroi, Filip Yagaylo, Yaya Kallon, Federiko Marketti, Andrea Masiyello, Filippo Melegoni, Manolo Portanova, Ivan Radovanovich, Nikolo Rovella, Lorens Serpe, Eldor Shomurodov kabi asosiy tarkib o‘yinchilarini va yana yoshlar jamoasidan o‘zini ko‘rsatgan bir necha futbolchini jalb etgan.

“Jenoa” mashg‘ulotlardan tashqari Avstriyada “Shtubay” va “Vakker Insbruk” jamoalari bilan sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Avstriyaga keldi!