
Agar “Manchester Siti” rahbariyatining rejasi amalga oshsa, zamonamizning eng zo‘r ikki to‘purari – Harri Keyn va Erling Xoland birga to‘p suradi.
“Shaharliklar” jamoa hujumini kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Avvalroq, manchesterliklar “Barselona” vakili Antuan Grizmannga ham xaridor ekani aytilgandi. Biroq, Xosep Gvardiola jamoasi bu xabarni rad etdi.
Hozir Keyn va Xolandga Yevropaning qator klublari og‘iz solmoqda. Biroq, “Tottenxem” ham, “Borussiya” ham o‘z to‘purarlarini kelasi mavsumga olib qolishga qaror qilgan.
Agar “Manchester Siti” bu futbolchilarni oladigan bo‘lsa, har ikkisi uchun kamida 300 million yevro sarflashi kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar