“Turon” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, jamoaga kecha ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi. Bular “Mash’al” klubining yetakchilari – yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Xumoyun Murtazoyev.
Ushbu futbolchilarning “Mash’al” bilan amalda shartnomalari bor. Ammo Muborak klubi bu o‘yinchilarini “Turon”ga transfer qilmoqchi. Agar tomonlar moliyaviy masalalarni kelisha olsa, Abduraimov bilan Murtazoyev ikkinchi davrani “Turon” safida o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, Abduraimov “Mash’al” tarkibida 9 ta o‘yinda 1 ta gol urgan bo‘lsa, Murtazoyev 10 ta uchrashuvda 2 ta gol muallifiga aylandi.
Darvoqe, bugun “Turon” jamoasi Toshkentda “Navbahor”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi