Bugun O‘zPFL "Paxtakor" va Eren Derdiyok o‘rtasidagi shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi. Shveysariyalik futbolchi endi erkin agent sifatida yangi jamoa bilan bitim imzolashi mumkin. Bunga o‘tishdan oldin uning "Paxtakor"dagi faoliyatiga nazar solamiz.
Omadsiz transfer?
Derdiyok "Paxtakor"ga 2020 yilning yanvarida Shota Arveladze tomonidan olib kelindi. Toshkent klubi ishqibozlarining fikricha, mazkur o‘tish jamoa tarixidagi omadsiz transferlardan biri hisoblanadi. Ular 2 narsadan norozi: Eren o‘ziga to‘langan maosh darajasida o‘ynolmagani va u tufayli Igor Sergeyev ketkazib yuborilgani.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli forvard "sherlar" libosida 46 uchrashuv o‘tkazib, 18 golga mualliflik qilishni uddaladi. Gollardan 12 tasi Superliga, 3 tasi OCHL, qolgan 3 tasi O‘zbekiston kubogi bahslarida urilgan.
Ushbu transfer klub uchun qanchalik omadli bo‘ldi? Yuqoridagi ma’lumotlar asosida o‘zingiz xulosa yasashingiz mumkin. Biz esa shveysariyalik forvardning keyingi manzili haqida fikr yuritamiz.
Turkiya
Derdiyok ayni paytda Turkiyada bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, u 2014-2019 yillarda mazkur o‘lkaning "Galatasaroy", "Gyoztepe" va "Qosimposho" klublari sharafini himoya qilgan edi. U 5 yil davomida Turkiya Superligasida 106 uchrashuv o‘tkazib, 35 bor o‘z nomini tabloga yozdirishni uddalagan. Biroq, uning yangi jamoasi Superliga vakili bo‘lmaydi.
"Anqaragyuchu"
Turk Superligasining 2020-21 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, poytaxtning "Anqaragyuchu" klubi quyi divizionga ravona bo‘ldi. Ayni paytda jamoa ustozi Mustafo Dalchi yangi mavsum uchun kerakli futbolchilarni yig‘ish bilan band. Aytishlaricha, Erenning yangi klubi aynan "Anqaragyuchu" bo‘ladi. Bu haqda turk matbuoti oxirgi 24 soatda bong urdi. Derdiyokning transferi hafta oxiriga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Maosh
"Paxtakor" matbuot xizmati 18 iyun kuni Erenning yillik maoshi 1,3 mln yevro ekani haqida ma’lumot bergan edi. Shveysariya terma jamoasining sobiq forvardi Anqarada Toshkentdagiga nisbatan 3 barobar kamroq pul topadi. "Hürriyet" gazetasining ma’lum qilishicha, Derdiyokning "Anqaragyuchu"dagi yillik maoshi 400 ming yevro atrofida bo‘ladi.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi