
Transferlar mavsumida ko‘pchilikning e’tibori hamyurtimiz Eldor Shomurodovga qaratilmoqda. Sababi "Jenoa" hujumchisiga bo‘lgan qiziqish borasidagi xabarlar tobora ko‘paydi.
Shomurodovga "Roma" tomonidan qiziqish bo‘layotganidan xabaringiz bor. Kun ora ushbu transfer atrofida ma’lumotlar uchrayopti. Bugun ham Italiya tomonlarida yuqoridagi kabi xabarlarning navbatdagisi yangradi.
iltempo.it nashri rimliklarning O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha qarori hali kuchida ekanligi va bu transfer qanchaga baholanayotgani borasida ma’lumot chiqardi. Yozilishicha, 26 yoshli Eldor Shomurodov "Roma" klubi rahbari va bosh direktori Tiago Pintoning e’tiboriga tushgan.
Yuqoridagi manbaning ma’lum qilishicha, "Roma" allaqachon "Jenoa" bilan aloqa o‘rnatgan. Futbolchi taxminan 15 million yevroga baholanyapti. Shomurodovning ko‘chib o‘tishi dastlab ijara asosida amalga oshirilishi va keyinchalik sotib olinishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar