22:57 / 27.07.2021
2 358

Rasman: Viktor Kumikov — "Andijon" bosh murabbiyi


Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Viktor Kumikov va uning yordamchisi Oleg Korniyenko jamoa murabbiylar shtabiga kelib qo‘shilgan. Hozirda Viktor Kumikov yordamchisi bilan birgalikda Andijon bazasiga yetib kelgan.

Kumikovning faoliyati davomida erishgan yuqori natijalari:
- 1997 yili "Spartak-Nalchik" jamoasi bilan 4-o‘rinni egallagan.
- "Mash’al" jamoasida 2006 yili O‘zbekiston kubogi finalchisi va 2007 yil Oliy ligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
- 2009-2010 yillar "Nasaf" jamoasiga boshchilik qilganda 3-o‘rinni olgan.
- 2011-12 yillarda “Shaxtyor Qarag‘anda” jamoasi bilan Qozog‘iston chempioni, 2013 yil Qozog‘iston Kubogi va Superkubogi g‘olibi, 2012-2014 yillarda Superkubok finalchisi bo‘lgan.
- 2015/16 yilgi mavsumda "Ordabasi" bilan 4-o‘rinni egallagan.
- 2018 yili AGMK jamoasida O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.
Viktor Kumikov o‘tgan mavsumja "Andijon"ni bosh murabbiy sifatida jami 10 uchrashuvda maydonga olib chiqib, 5 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Viktor Kumikov — "Andijon" bosh murabbiyi