
Foto: MOQ
Bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi navbatdagi bahsini o‘tkazdi. Bu gal u o‘z vaznining birinchi saralangan sportchisiga qarshi ringga ko‘tarildi.
-51 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz turkiyalik Buse Naz Chaqiro‘g‘lu bilan kechgan murosasiz jangda munosib kurashdi. Biroq hakamlarning qarori yakunda turkiyalik bokschining g‘alabasini e’tirof etdi 3:2.
Qayd etish joiz, Rahimova jangda ustunlik qilib, hakamlarning g‘alati qarori bilan Olimpiadani tark etgan navbatdagi bokschimizga aylandi. Kuni kecha Mirazizbek Mirzahalilov shunday holatga tushgandi.
Tursunoy RahimovaTokio-2020Bokschi QizVazn ToifasiTurkiyalik BokschiG‘alati Qaror O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar