
Bir necha kun avval "Paxtakor" Serbiyaning "Partizan" klubi hujumchisi Boyan Matichga qiziqayotgani va uni transfer qilmoqchi ekanligi borasida xabar bergandik.
Bugun "Paxtakor" matbuot xizmati Boyan Matich "sherlar" azosiga aylanganini rasman e’lon qildi. Endi u hujumda Eren Derdiyokning o‘rnini egallaydi.
O‘tgan mavsumning birinchi qismida u “Partizan” safida o‘ynadi, ikkinchi davrani esa Gretsiyaning “Atromitos” klubida ijarada o‘tkazdi. Umumiy olganda o‘tgan mavsum 25ta o‘yinda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Butun faoliyati davomida Matich 155ta o‘yinda, 46ta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Boyan “Paxtakor”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. Futbolchi toshkentliklar bilan 2021 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.

PaxtakorBoyan MatichTransfer YangiliklariHujumchi OʻyinchiOʻyin StatistikasiToshkent Futboli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar