2 699
Shuhrat Maqsudov: "Klub bilan shartnomasi bor futbolchilarimizga bizga ma’lum qilmasdan aloqaga chiqishmoqda"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Sababi, raqib O‘zbekiston chempioni. Yigitlar barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Hozir kiyim almashtirish xonasida yigitlarga rahmat dedim. Qayerdadir xato qildik, ayniqsa penaltida, lekin natija bellashuvga mos bo‘lmadi. Nazarimda eng kamida durangga loyiq o‘yin ko‘rsatgandik. Ammo hozir buni gapirishdan foyda yo‘q.
Hamma o‘z imkoniyatidan kelib chiqadi. Davralar oralig‘ida o‘yinchi ololmadik, aksincha ikki nafar futbolchi jamoamizni tark etdi. Bu achinarli hol. Biroq biz qarab o‘tirmadik. Akademiyadan yoshlarni tarkibga jalb qildik. Shu tartibda ishlayapmiz.
Hujumdagi muammolar bo‘yicha kurashyapmiz, biroq kuchimiz yetmayotgan holatlar ham bo‘lyapti. Oddiy misol, klub bilan shartnomasi bor o‘yinchilarimizga bizga ma’lum qilmasdan aloqaga chiqishyapti, katta-katta va’dalar berib chalg‘itishyapti. Bu yaxshi emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi