23:19 / 31.07.2021
2 674

Igor Shkvirin: "G‘alabaga haqliroq edik"


Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so‘ng yaypanliklar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqida qanday fikr bildirish mumkin? Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, gol ham urdik. "Andijon"da aytarli vaziyatlar bo‘lgani yo‘q. Bitta xatodan so‘ng darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Raqib chiroyli gol urdi. Shundan so‘ng yana o‘yinga qaytdik va vaziyatlar yaratdik. G‘alabaga haqliroq edik. Lekin bir ochko qo‘lga kiritdik. Natijadan qoniqish hosil qildim. Futbolchilarga xohish va ishtiyoq ko‘rsatishgani uchun rahmat aytaman", - deydi Igor Shkvrin.

- Derbida durang qayd etilishi qaysidir ma’noda kutilgan holat edi. Bunga tayyor edingizmi? "Andijon"ning avvalgi uchrashuvlarini kuzatganmidingiz?
- Siz qanday derbi haqida aytyapsiz? Andijon boshqa, Qo‘qon boshqa.  Vodiy derbisi degan so‘zni birinchi marotaba eshitmoqdaman. Bitta shahar jamoalari o‘zaro kuch sinashsa buni derbi deyish mumkin. Biz uchun istalgan o‘yin derbi. Ertaga "Qo‘qon-1912", keyin "So‘g‘diyona" bilan o‘ynaymiz. Taqvim shunday. Har bir bahs derbi va finalga teng.

- Yangi futbolchilardan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ulardan qaysidir ma’noda 70 foiz qoniqdim. Biz istagan o‘yinni yo‘lga qo‘yib olish uchun vaqt kerak. Xatolar ustida ishlaymiz. O‘yindan-o‘yinga yaxshilanib borishga harakat qilamiz. Shu orqali ochko ishlashimiz mumkin.

- Kim Bo Yong boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olmagani nima bilan bog‘liq?
- Birinchi davrada qanotlar orqali o‘yin tashkil qilingandi. Taktik jihatdan qachon foydali deb bilsak o‘shanda tushiramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin: "G‘alabaga haqliroq edik"