23:53 / 31.07.2021
2 640

Mirjalol Qosimov: "Durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o‘ylayman"


Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Superligadagi tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvni o‘tkazdik, o‘yin ritmidan chiqib ketilgani ko‘rinib turdi. Bugun ikkita bir-biriga munosib jamoalar o‘ynashdi. So‘nggi yillarda "So‘g‘diyona" bilan juda ko‘p durang o‘ynayapmiz. Hisob ochilmagan bo‘lsa ham ikkala tomon ham hujumkor va shiddatli o‘ynadi. Bugungi bahsda durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o‘ylayman, chunki durangga mos o‘yin bo‘ldi.

Yozgi transfer oynasi vaqtida faqat Martin Boakeni tarkibga qo‘shib oldik. Sababi futbol o‘yinchoq emas, futbolchilarning maydondagi o‘zaro til topishib ketishi muhim, yangi murabbiy bir jamoaga kelgach kamida 3 yil vaqt kerak deyishadiku. Tarkibda katta o‘zgarishlar foydali ham bo‘lishi mumkin yoki aksincha.

Hakamlikka e’tirozim yo‘q. Hakam hushtagini qancha kam chalsa shuncha yaxshi. Bugun shunday bo‘ldi, jamoalar futbol o‘ynashdi va maydonda qiziqarli bahs kechdi", - deydi Mirjalol Qosimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Durang ikki jamoani ham qoniqtirdi deb o‘ylayman"