23:34 / 01.08.2021
3 017

Baxtiyor Ashurmatov: "Tez orada "uyga" qaytamiz deb umid qilaman"


Coca-Cola Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Afsuski noxush an’ana davom etdi. Uyda g‘alaba qozonishga qiynalayapmiz. Yigitlar o‘yinda yomon harakat qilishmadi. "Navbahor"da gol urish koyeffitsenti yuqori bo‘ldi. Birinchi goldan so‘ng katta kuch bilan oldinga o‘tgandik, lekin raqib qarshi hujumda ikkinchi golni ham urib ketdi.

Bizda nimanidir o‘zgartirish kerak. Rahbariyat va muxlislar oldida xijolatdamiz. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba uchun harakat qilamiz.

- Quvondiq Ro‘ziyevning o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
- Biz uning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilayapmiz. O‘sha nuqtada kamchiligimiz ko‘rinib turibdi, lekin jamoamizga Ro‘ziyevga o‘xshagan xususiyatga ega futbolchi topilmayapti. Biz yozgi transferlar vaqtida "Lokomotiv"dan Javohir Sidiqovni olmoqchi edik, lekin amalga oshmay qoldi. Balki keyingi o‘yinlarda o‘sha chiziqda Anvar Hojimirzayevni sinab ko‘rarmiz.

- Zahiradan o‘yinchi tushirish kech amalga oshirildi?
- Birinchi bo‘limda ham futbolchilarimizda xato yoki charchoq alomatlari ko‘ringani yo‘q. Shu sababdan biz zaxirani kechroq amalga oshirdik. Uydagi o‘yinda 2 nafar hujumchi bilan o‘ynashni istagandik, afsuski Hamidullo Abduhamidovda jarohat bor edi. Bundan tashqari Mo‘min Meliyev endigina jarohatdan qaytgandi.

- Uchrashuvda ko‘p hushtak chalindi. Bu o‘yin darajasiga ta’sir ko‘rsatdimi?
- Ikkinchi davrada hakamlarga e’tiroz bildirmagan holda o‘ynashga ko‘rsatmalarni bergandik. O‘yinda ko‘p hushtak chalinishi masalasini hakamlar qo‘mitasi ko‘rib chiqadi.

- Ishqibozlarning stadionga kiritilmasligi, uchrashuv Qo‘qonda bo‘lmaganligi o‘yinga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaysizmi?
- Muxlislar stadionda bo‘lgani o‘yin jozibasini oshiradi. Gapning ochig‘i muxlislarimiz qarshisida ham uydagi o‘yinlarni yutqazganmiz. Bugungi mag‘lubiyatga buni sabab qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Lekin ishqibozlarning stadionga kiritilmasligi katta yo‘qotish. Pandemiya sabab shunday holat yuzaga kelmoqda.

Stadion yoritgichlari bo‘yicha harakat amalga oshirilmoqda. Tez orada nasib bo‘lsa uydagi o‘yinlarni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz deb umid qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Tez orada "uyga" qaytamiz deb umid qilaman"