00:42 / 02.08.2021
2 519

Fransiyalik bokschi hakamlar qaroridan norozi bo‘lib, 1 soat davomida ringni tark etmadi


Foto: Reuters
Tokio—2020 Olimpiadasining boks musobaqalarida yana bir bahsli holat kuzatildi.
Nima bo‘ldi?
-91 kg vazn toifasi vakillari Murod Aliyev (Fransiya) va Freyzer Klark (Buyuk Britaniya) o‘rtasida o‘tkazilgan chorak final bellashuvida g‘alati holat kuzatildi. Bokschilar bir necha bor bosh bilan to‘qnashib ketdi, buning natijasida britaniyalik bokschi qoshidan jarohat oldi. Shifokorlar unga jangni davom ettirishga ruxsat berdi, referi esa Aliyevga ogohlantirish berdi va ortidan kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan bokschi diskvalifikatsiya qilindi. Shundan keyin Aliyev o‘zini tutib tura olmadi va noroziligini oshkorona namoyish qildi. U jang yakunlangandan keyin ringni bir soatga yaqin vaqt davomida tark etmadi.

Qayd etish kerak, ushbu jang g‘olibi yarim finalda O‘zbekiston vakili Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Jalolov final uchun kechadigan bahsda Buyuk Britaniya vakili bilan kuch sinashadi.

Murod birinchi raundni olgan va g‘alabaga yaqin edi
Bu bokschilar shu vaqtga qadar ikki bor to‘qnash kelgan va har birida bittadan g‘alaba bor edi. Uchinchi bor ular Tokio Olimpiadasi chorak finalida to‘qnash keldi. Shijoat ikkisida ham kuchli edi va sportchilar bir-biriga bosh bilan xavfli bora boshladi. Ikkinchi raundda Klarkning ko‘zi tepasida yorilish yuzaga keldi. Shifokor jangni davom ettirishga ruxsat berdi.

Bunga qadar referi biror marta vaziyatga aralashmagandi, biroq shu vaziyatdan keyin birdaniga Aliyevni jiddiy jazoladi. Murod o‘zini boshqara olmadi: avvaliga kapani otib yubordi, referi va hakamlarga baqirdi, kameraga nimalardir deb qichqirdi, shundan keyin Klarkning yoniga bordi. Ular suhbatlashib oldi va britaniyalik bokschi bu vaziyatda uning aybi yo‘qligini aytdi, so‘ngra ular qo‘l tashlashdi.

Foto: Reuters
Agar Aliyevning diskvalifikatsiyasi faqat bosh bilan xavfli harakat uchun berilgan bo‘lsa, u holda bu haqiqatda juda bahsli masala. Chunki hech qachon bitta ogohlantirishdan keyin bokschi darhol chetlatilmaydi, buning ustiga shifokor jangni davom ettirish mumkinligini aytganda. Biroq Murod ogohlantirish berilgandan keyin o‘z noroziligini nomaqbul harakatlar bilan namoyish qildi, agar diskvalifikatsiya shu sabab qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda bu yerda hammasi to‘g‘ri.

Foto: Getty Images
Aliyev ringda va uning atrofida o‘tirgan holda o‘z noroziligini namoyish qildi
Vaziyat yakunlangach Aliyev ring atrofini tark etmadi va o‘tirgan holda norozilik aksiyasini o‘tkazdi. Yarim soatlar o‘tib Aliyev tashkilotchilar hamrohligida arenani tark etdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay qaytdi va ring chetida yana 15 daqiqa o‘tirdi.
«Menga nisbatan adolatsiz qaror tufayli norozilik bildirish maqsadida o‘tirdim. Bu o‘yinlarga to‘rt yil tayyorgarlik ko‘rdim. Bu adolatsizlikka qarshi chiqishni xohladim, shu sabab bu qarordan norozi ekanimni namoyish qilish uchun eng yaxshi yo‘l edi.
Mening harakatim? Bu tabiiy hol, chunki men bu Olimpiadaga butun umr tayyorgarlik ko‘rganman! Referining qarori? Jangni menga hech qanday ogohlantirish bermasdan, shunchaki to‘xtatishdi. U shunchaki ‘Sen yutqazding, dedi. Tasavvur qilyapsizmi?», — deya o‘z harakatlariga izoh berdi Aliyev.

Fransiyalik bokschining g‘azabini tushunish mumkin. Uning raqibi ham buni tasdiqladi:
«U menga bosh bilan atayin zarba berdi deyishdan yiroqman. Olimpiya o‘yinlarini mana shunday yakunlashni istamaganiga ishonchim komil. Undan tinchlanishni so‘radim va menda ham bunday holatlar avval bo‘lganini aytdim.
U hakamlar va rasmiylarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, o‘z faoliyatiga putur yetkazishini xohlamayman. Chunki ular o‘z ishini qilmoqda», — deydi Freyzer.

Bu Olimpiya o‘yinlarida kuzatilgan ilk holat emas. 1988 yilgi o‘yinlarda Janubiy Koreya vakili Byun Chen Il mag‘lubiyatdan keyin 67 daqiqa ring markazida o‘tirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiyalik bokschi hakamlar qaroridan norozi bo‘lib, 1 soat davomida ringni tark etmadi