12:29 / 03.08.2021
2 150

Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman»


Foto: Getty Images
«Roma»ga o‘tgan Eldor Shomurodov Rim jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- «Roma»ga o‘tish faoliyatimdagi sezilarli katta qadam. Men bu imkoniyatga munosib ekanligimni, dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Ishga kirishish, yangi murabbiy va jamoadoshlarim safiga qo‘shilish istagi bu bitimning tezroq imzolanishiga sabab bo‘ldi, - deydi Eldor Shomurodov.

Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman»