Joze Mourino “Roma” tarkibini o‘ziga moslashtirmoqda. Portugaliyalik murabbiy tashabbusi bilan Eldor Shomurodov “Jenoa”dan olib kelindi va rasman tanishtirildi.
Hamyurtimizning Rimga kelishi “Roma” tarkibidagi jahon va Yevropa chempioni Pedro Rodrigesning ketish paytiga to‘g‘ri kelib qoldi. Aniqrog‘i, Joze Mourino 34 yoshli hujumkor yarim himoyachiga yangi mavsumda imkon bermasligini ta’kidlab, uni mavsumoldi yig‘iniga jalb qilmadi.
“Roma” yaqinda ispaniyalik futbolchini “Zenit”ga taklif qilib, eronlik hujumchi Sardor Azmunning transferida undan foydalanmoqchi edi. Biroq, oxir-oqibat rimliklar Eldor Shomurodov nomzodida to‘xtadi.
O‘tgan mavsumda Pedro jamoaning eng faol o‘yinchilaridan bo‘ldi. U jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va yettita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi