00:30 / 04.08.2021
4 724

Eldor Shomurodov «Jenoa» bilan xayrlashdi


Foto: Instagram / Eldor Shomurodov
«Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgan Eldor Shomurodov genuyaliklarga xayrlashuv maktubini yo‘lladi.
- Bugun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Faoliyatimni boshidan buyon Yevropada o‘ynashni orzu qilardim, «Jenoa» tufayli bu orzum amalga oshdi.
Bugun yana bir qadam tashladim, lekin «Jenoa» har doim mehr bilan yodga oladigan birinchi murabbiyim bo‘lib qoladi. «Jenoa»da o‘ynayotgan vaqtimda farzandim tug‘ildi. Faoliyatimdagi bu bosqich xotiramda bir umr qoladi.

Jamoa prezidenti, murabbiylar shtabi, barcha xizmatchi xodimlar va ayniqsa, menga iliq munosabatda bo‘lgan, birinchi kundanoq menga yordam bergan jamoadoshlarimdan minnatdorman.

Muxlislarning e’tibori va mehri moslashishimga, gol urib, jamoaning A Seriyada qolish vazifasini amalga oshirishiga o‘z hissamni qo‘shishda yordam berdi. Genuya — dunyoning eng chiroyli shaharlaridan biri.

Endi meni yangi chaqiriq kutmoqda, Genuya esa butun umr yuragimda qoladi. Rahmat, Genuya!?, - dedi Eldor Shomurodov.

Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov «Jenoa» bilan xayrlashdi