
O‘z safini o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan to‘ldirgan "Roma" Edin Jekoga chiqish eshiklarini ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, rimliklar forvardni 15 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor. Jeko xizmatiga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapata transferini hal qilmasa, bosniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.
2020/21 yilgi mavsumda Edin 27ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan hamda 4ta golga assistentlik qilgan. Uning "bo‘rilar" bilan kelishuvi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eldor ShomurodovEdin JekoRoma KlubiMilan InterDuvan SapataTransfer Yangiliklari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar