Superliga. "Paxtakor" ikkinchi davrada ham "Nasaf"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Paxtakor" ikkinchi davrada ham "Nasaf"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda toshkentliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. Markaziy uchrashuv taqdirini hal etgan yagona gol 20-daqiqada poytaxtliklarning yangi legioneri Boyan Matich tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alaba natijasida "sherlar" ochkolari sonini 38 taga yetkazib olgan holda, ikkinchi o‘rindagi AGMKdan onlayn jadvalda 12 ochko ilgarilab ketdi. 4-pog‘onadagi "Nasaf" hisobida 23 ochko mavjud.

"Paxtakor" – "Nasaf" 1:0
Gol:
Boyan Matich 20, 1:0
"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran, 11.Boyan Matich, 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 28.Diyor Xolmatov, 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.IbrohimHalil Yo‘ldoshev, 9.Sherzod Temirov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 16.Marlen Chobanov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Sharof Muhiddinov, 21.Abror Ismoilov, 29.Vladimir Kozak.

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7. Doniyor Narzullayev, 8. Dilshod Saitov, 19. Husain Norchayev, 20. Suhrob Nurulloyev, 70. Abubakr-Rizo Turdaliyev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 6. Murodbek Rahmatov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 28. Sardor Sa’dullayev, 50. Shohmalik Komilov, 71. Jasur Jumayev, 99. Andriya Kaluderovich.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar