10:30 / 07.08.2021
1 901

«Maoshi va raqamigacha hal bo‘lgan...»: Messi dam olish kunlari yangi jamoaga o‘tishi mumkin


Foto: EPA
«Barselona» sardori (sobiq?..) Lionel Messining qaysi jamoada to‘p surishi kelayotgan dam olish kunlarida hal bo‘ladi. «Sport-Ekspress» yozishicha, argentinalik yulduz «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishga juda yaqin.

Messi va parijliklar o‘rtasida, bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan, ikki yillik shartnoma imzolanishi mumkin. Muzokaralarni futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi olib boryapti, deyiladi xabarda.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira «Twitter»da yozishicha, Messi Parijda bir mavsumda 50 million yevro (bonuslar ham qo‘shilganda) maosh oladi.

Argentinalik yangi jamoasida 19-raqam ostida to‘p surishi aytilmoqda. Chunki uning sevimli 10-raqami braziliyalik Neymar ixtiyorida.
Messi kelsa, «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe ketadi, bu haqda «Championat.com» jurnalist Andres Onurbiya Ramosga asoslanib xabar tarqatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Maoshi va raqamigacha hal bo‘lgan...»: Messi dam olish kunlari yangi jamoaga o‘tishi mumkin