1 974
Mikael Sekeyra: "Lokomotiv" yana bir bor o‘zining yaxshi o‘yinini namoyish etdi. Afsus, g‘alabani ushlab qola olmadik"

Coca-Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. "Lokomotiv" yana bir bor o‘zining yaxshi o‘yinini namoyish etdi. Afsus, g‘alabani ushlab qola olmadik. Lekin o‘yin jarayonida taktik jihatdan juda to‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman.
- Azizbek Amonov vaziyatlarni golga aylantira oladigan hujumchi. To‘g‘ri u gol urdi, lekin Abduxoliqov maydonga tushirilgach jamoa hujumi kuchaydi. Shu haqida fikringiz?
- Bu ham bir variant, Azizbek Amonov o‘z ishini to‘g‘ri bajarmoqda. U chap tomonda ham, o‘ng tomonda ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.
- Gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatda himoyachilar o‘yindan tashqari vaziyatga ishonib qolishdimi?
- E’tibor bergan bo‘lsangiz, bayroqni ko‘targanidan so‘ng jamoamiz to‘xtab qoldi. Agar ko‘tarmaganida o‘z ishini oxirigacha yetkazardi. Ikkilanish vaziyati bo‘lib qoldi, xatoga yo‘l qo‘ydik.
- Jamoa ko‘proq 3 markaziy himoyachi uslubi bilan o‘ynamoqda. Autsayder jamoalarga qarshi o‘yinda bu uslub pand berib qolmasmikan?
- Yo‘q, bu muammoli vaziyat emas. Biz har bir o‘yinga har-xil uslub bilan maydonga tushamiz.
- Yon hakam bayroqni gol bo‘lganidan keyin ko‘tardi. Futbolchilarning to‘xtab qolishi bu professionalizm bilan bog‘liqmi?
- Odatda bayroqni ko‘tarayotganda zarba yo‘llanganidan so‘ng ko‘tarish kerak. Ko‘pchilikning aytishi bo‘yicha, bayroq zarbadan oldin ko‘tarilgan va shu sabab futbolchilar to‘xtab qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar