Superliga 14-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Jalilov uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Har ikki jamoa uchun og‘ir o‘yin bo‘ldi. Keskin kurashlarni ko‘rdik. Odatda, bunday bahslarda yagona xato va birgina gol uchrashuv taqdirini hal qiladi. Tashabbus qaysidir jamoa tomonida bo‘ldi deyolmayman. Jizzaxliklar gol urgach, himoyadan o‘yin tashkil etishga urinishdi, biz esa hujumda imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qildik. VARning nima uchun qo‘llanayotganini tushunmadik, yaqqol ikkita penalti bor edi.
Birinchi bo‘limda futbolchimiz jarima maydonchasi ichida to‘p bilan bo‘lib turganda, uning oyog‘ini bosib olishdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchimiz bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘llaganda, himoyachi to‘pni qo‘li yordamida to‘sib qoldi, bu vaziyatda penalti va kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Lekin bu vaziyatni umuman ko‘rib chiqishmadi, tushunmadik, unda VARning nima keragi bor? Videoyozuvlarni ko‘rib chiqdik, muhokama qilish kerak.
Umuman olganda, Azim Ahmedovning jarohati sabab majburiy futbolchi almashtirishga to‘g‘ri keldi. O‘yin borasida futbolchilarimizga e’tirozim yo‘q, barchalari natijaga erishish uchun borlarini berib harakat qilishdi. Nima ham derdik, bunday raqibga qarshi yanada yaxshiroq o‘ynash kerak. Afsuski, “So‘g‘diyona” bu mavsum biz uchun eng noqulay raqib bo‘ldi. Lekin jamoamiz Jizzax jamoasidan yomon o‘ynamadi va mag‘lubiyatga loyiq emasdi, - deydi Viktor Romanovich.
- Hakamlik bo‘yicha e’tiroz bildirdingiz. “Navbahor” o‘yindan keyin hakamlik borasida e’tiroz yozadimi?
- Bizning foydamizga ikkita yaqqol penalti belgilanmaganini inobatga olsak, bu borada munosabatimizni bildirishimiz kerak.
- Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” ikki-uchta yaqqol xavfli vaziyatlarda gol urolmadi. Bunga sabab hujumchilarning salohiyati yetishmasligimi yoki omadsizlikmi?
- Bugungi o‘yinda hujumchimiz Ibrohim G‘anixonov tobi qochib qolgani uchun qatnasholmadi. O‘rinboyev ham uchrashuv davomida boshidan jarohat oldi. Shu bois, hujumdagi salohiyatimiz biroz pasaydi. Shunga qaramay, bir nechta golli vaziyatlarni yaratdik. Balki omad ham kelmagandir va albatta, raqibning ham yaxshi himoyalanganini aytish joiz.
- Mavsum boshida jamoa chempionlikni maqsad qilgandi. Hozir esa turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi vazifa qanday bo‘ladi?
- Vazifa turnir jadvalidagi vaziyat va jamoaning holatiga qarab belgilanadi. Avvalgi maqsadimizni hech kim o‘zgartirgani yo‘q. Oldinda ikkinchi davra o‘yinlari bor, bugun davraning birinchi uchrashuvini o‘tkazdik. Ko‘ryapmiz, boshqa jamoalar ham ochko yo‘qotishmoqda. Ochkolar farqi katta emas, taslim bo‘lmaymiz, astoydil kurashamiz va o‘z ochkolarimizga ega bo‘lamiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi