
WVA tashkiloti yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tgan Gabriel Maestre (3-0, 3KO) va Maykl Foks (22-2, 5KO) jangi natijasini bekor qildi.
7 avgust kuni Minneapolis shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Foks raqibiga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Uni ikki bora nokdaun holatiga ham tushira oldi. Ammo yakunda hakamlar 114-113, 115-112 va 117-110 hisobida Maestre g‘alabasini qayd etishdi. Bu boks ommasi orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, WVA tashkiloti komissiya qarori bilan jang natijasini bekor qildi va bahs uchun qayta buyruq berdi. 117-110 hisobida baholagan hakam Gloria Martines esa tashkilot tomonidan bir umrga chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Foks hamyurtimiz Shohjahon Ergashevdan ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
WVA TashkilotiJang NatijasiMaykl FoksGabriel MaestreMinneapolis ShahriBoks Muhokamasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar