Joze Mourino bosh murabbiyligida “Roma” futbolchilari mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ko‘pchilik portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa Yevropa chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan biri uchun kurashishini kutmoqda.
“Jenoa”dan “Roma”ga transfer qilingan Eldor Shomurodov Rim jamoasi tarkibiga qo‘shilib ketdi. Mashg‘ulotlarda joyi asosiy tarkibda ekanini isbotlashga urinayotgan hamyurtimizning “Betis”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda debyut golini urgani va jamoasining ikkinchi to‘pi ham aynan Eldorning xizmatlari evaziga kiritilganidan xabaringiz bor.
Endi Mourino shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini bugun Marokashning “Raja Kasablanka” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Shu o‘rinda, bo‘lajak raqib haqida ma’lumot berishni lozim topdik. “Raja Kasablanka” Marokashning eng kuchli klublaridan hisoblanadi. 1949 yilda tashkil etilgan klub o‘z tarixi davomida 12 marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yetti marta Marokash kubogiga sazovor bo‘lgan.
“Raja Kasablanka” xalqaro maydonda ham bir necha sovrinlar sohibi hisoblanadi. Jamoa uch marta Afrika Chempionlar ligasida zafar quchgan. Bir martadan Afrika kubogi va Superkubogi, Afrika va Osiyo klublari chempionati, Arab chempionlar ligasi bosh sovrini egasiga aylangan. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.
“Roma” muxlislari Afrikaning kuchli jamoalaridan biriga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda Eldor Shomurodovdan gol kutmoqda. Hamyurtimiz “Roma”dagi debyut uchrashuvida ko‘rsatgan o‘yini orqali rimlik ishqibozlarning mehrini qozona olganini ta’kidlash lozim.
“Roma” tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodovdan gol kutayotganini yozmoqda. Agar Eldor bugun ham gol uradigan bo‘lsa, "Roma" muxlislari junbushga keladi, Mourinoning ham o‘zi tanlagan yangi hujumchiga ishonchi yanada ortadi.
- Biz Marokash klubiga yutqazmaymiz. Yangi futbolchilarimizdan Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsatishiga ishonaman, - deydi Enrike Spiteri.
- Eldor “Raja Kasablanka”ga qarshi qanday o‘ynashini ko‘rmoqchiman. “Betis”dek kuchli jamoa darvozasiga yo‘l topa olgan hujumchi bu galgi bahsda yanada ko‘proq gol urishi mumkin, - deydi Davide Betti.
“Roma”ning Marina de Paolo, Marko Pallone, Stefano Sikutti, Matteo Britssi singari ashaddiy muxlislari Eldor Shomurodov nafaqat marokashliklarga qarshi bahsda, balki yangi mavsumdagi rasmiy uchrashuvlarda ham to‘purarlik mahoratini namoyish etib, jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashishiga katta hissa qo‘shishiga ishonishini bildirgan.
Bundan tashqari, rimlik futbol ishqibozlarning komment va izohlaridan ularga o‘zbek legionerining maydonda oxirigacha kurashishi, ortga qaytib o‘ynashi, himoyachilarga katta yordam berishi, jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlashi, odob-axloqi va kamtarligi ham manzur bo‘lganini bilib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyarbida “Jenoa”ga ko‘chib o‘tganidan keyin A Seriya va Italiya kubogidajami 32 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va ikki marta golli pas uzatdi.
“Roma” klubi 26 yoshli hujumchimiz uchun genuyaliklarga 17,5 million yevro to‘lagani, Eldorning o‘yiniga qarab, yana 2,5 million yevro miqdorida bonus berilishi va “Jenoa” Shomurodovning keyingi transferidan 10 foiz ulush olishi kelishib olingani aytilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”