Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Turon" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Turon"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular buni ko‘proq istashgani ko‘rinib turdi. To‘g‘ri bugun chiroyli o‘yin ko‘rmagandirmiz. Lekin yigitlar harakat qilishdi, intilishdi. Biz g‘alabaga munosib emasdik. Bu nima bilan bog‘liq bilmadim. Hozir ortiqcha gapirmoqchi emasman. Raqibga keyingi o‘yinlarda omad tilayman".
Jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurashar ekan bosim bo‘lishi tabiiy. Har bir turda istalgan jamoa bilan o‘yinlarda shunday holat yuz beradi. "Turon" o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimizga yo‘l qo‘ymadi. Futbolchilarimning mehnatini qadrlayman va minnatdorchilik bildiraman. Raqiblarimizning qaysi o‘rinda ketayotganidan qat’iy nazar hurmat bilan qarashimiz kerak", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.
- Hisobda ortda borayotganda hujumchi o‘rniga tayanch yarim himoyachini tushirdingiz. Hujumchining o‘rniga shu pozitsiya vakilini maydonga chiqarib o‘yinni kuchaytirish imkoni bor edimi?
- Bu bizning taktik sxema. Bugungi o‘yinda ish bermagan bo‘lsa, keyingi bahsda ish beradi.
- Bugungi mag‘lubiyatda asosiy faktor nima bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
- Menimcha raqibni keraklicha hurmat qilmadik va shunga yarasha tayyorlanmadik. Har bir jamoani u hatto Birinchi liga klubi bo‘lsa ham hurmat qilinmasa natija kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”