“Roma” uy stadioni hisoblangan “Olimpiko” arenasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Marokashning “Raja Kasablanka” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsda hisobni Eldor Shomurodov ochdi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘limda armanistonlik Genrix Mxitaryanning goliga ham assistentlik qildi.
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino ushbu bahsdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Uydagi birinchi kun. O‘z uying baribir o‘zgacha. “Roma” fanatlarining cheksiz mehrini his qilish ajoyib tuyg‘u berdi. Bundan buyog‘iga haqiqiy futbol boshlanadi va biz buni intizorlik bilan kutyapmiz, - deb yozdi portugaliyalik mutaxassis Intagramdagi sahifasiga.
“Roma” 2021-2022 yilgi mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvini 19 avgust kuni safarda o‘tkazadi. Shu kuni Rim klubi UYEFA Konverensiyalar ligasi pley-off bosqichidagi birinchi o‘yinda Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Eldor Shomurodov “Roma”dagi rasmiy debyutini o‘sha uchrashuvda nishonlashi kutilmoqda.
“Roma” va “Trabzonspor”ning javob bahsi 26 avgust kuni Rimda bo‘ladi.
Joze Mourino shogirdlari Italiya chempionati A Seriyasidagi birinchi uchrashuvini 22 avgust kuni o‘z maydonida “Fiorentina” futbolchilariga qarshi o‘tkazishini ham ma’lumot sifatida aytib o‘tish lozim.
Ta’kidlash joizki, portugaliyalik mutaxassis Italiya futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Roma” klubini joriy yilning may oyida qabul qilib oldi. Poytaxt klubi rahbariyati o‘sha vaqt ishsiz yurgan tajribali mutaxassis bilan 2024 yilning yoziga shartnoma imzoladi.
Joze Mourino oldiga jamoani Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Mashhur murabbiyga Italiya futboli begona emas. Joze 2008-2010 yillar davomida “Inter” jamoasini muvaffaqiyatli boshqargan. U milanliklarni ikki bor ketma-ket Italiya chempioniga aylantirgan. Mourino qo‘l ostida “Inter” mamlakat kubogi va Superkubogini o‘ziniki qilgan. Shuningdek, UYEFA Chempionlar ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Joze Mourino faoliyati davomida bosh murabbiy sifatida “Portu”ni ikki bor, “Chelsi”ni uch marotaba, “Real”ni bir marta mamlakat chempioni qilgan. U “Portu”ni Yevropa Chempionlar ligasi va UYEFA kubogida g‘alaba sari yetaklagan.
Portugaliyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni boshqargan davrda bu jamoani Yevropa ligasining bosh sovrinini olishiga katta hissa qo‘shdi. Mourino bu klublardan tashqari, o‘z yurtida “Benfika” va “Union Leyriya” jamoalarini ham boshqargan.
Uning oxirgi ish joyi “Tottenxem” klubi bo‘ldi. Biroq, “Tottenxem”ni 2019 yilda qabul qilib olgan murabbiy o‘ziga xos xarakteri tufayli jamoaning yetakchi futbolchilari bilan chiqisha olmagani va oqibatda, jamoaning natijalari pasayib ketgani bois o‘tgan mavsum yakunlanishi arafasida iste’foga chiqarildi.
Aytish joizki, A Seriyadagi legionerimiz Eldor Shomurodovning “Roma”ga transfer qilinishida Joze Mourinoning fikri ham muhim ahamiyat kasb etdi. Portugaliyalik mutaxassis o‘z jamoasida tezkor, mehnatkash, jamoadoshlariga xavfli vaziyat yaratib bera oladigan, himoyaga yordamlashadigan va gol urishni uddalaydigan hujumchi bo‘lishiga alohida e’tibor qaratadi. Yevropa futbolini tahlil qiluvchi mutaxassislar Joze Mourino qo‘l ostida Eldor Shomurodovning o‘yini yanada ochilishini ta’kidlamoqda.
Buni Shomurodovning o‘zi ham isbotlay boshladi. Hamyurtimiz “Roma”da to‘liq bo‘lmagan ikkita uchrashuvda maydonga tushib, jamoasining to‘rtta golida bevosita ishtirok etdi, “Betis” va “Raja Kasablanka” darvozalarini ishg‘ol qilib, Mourino ishonchini oqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”