22:06 / 15.08.2021
1 868

So‘nggi daqiqalarda gol urgan "Nasaf" AGMK maydonida durang qayd etdi

So‘nggi daqiqalarda gol urgan "Nasaf" AGMK maydonida durang qayd etdi
O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan AGMK hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Hisobni ochuvchi gol 28-daqiqada Yovan Jokich tomonidan kiritildi. Ushbu goldan biroz oldin "ajdarlar" yarim himoyachisi Marko Stanoyevich penaltidan foydalana olmagandi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Aliqulov jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shunday qilib, olmaliqliklar 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular hisobida 28 ochko mavjud. 24 ochko jamg‘argan Berdiyev shogirdlari onlayn jadvalda 5-pog‘onani band etib turibdi.

AGMK — "Nasaf" - 1:1
Gollar:
Yovan Jokich 28, - 1:0 (Elvin Fortes). Husniddin Aliqulov 90+2, - 1:1.

Gol urilmagan penalti: Marko Stanoyevich 17 (darvozabon).

AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov ( 17.Sanjar Tursunov, 68), 22.Sanjar Shoahmedov - 94.Elvin Fortes (11.Murod Toshmatov, 68), 27.Martin Boake, 28.Shohruh Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 68).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo‘rayev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 42.Nodir Abdurazzoqov, 77.Dilshod Ahmadaliyev.

"Nasaf" (3-4-2-1) — 1.Umid Ergashev - 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 92.Umar Eshmurodov, 15.Jo‘rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 46) - 22.Akmal Mozgovoy, 88.Marko Stanoyevich, 20.Suhrob Nurulloyev - 77.Oybek Bozorov, 7.Doniyor Narzullayev (19.Husain Norchayev, 46) - 99.Andriya Kaluderovich.
Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov - 2.Alibek Davronov, 6.Murod Rahmatov, 28.Sardor Sa’dulloyev, 50.Shohmalik Komilov, 70.Abubakr Rizo Turdialiyev, 71.Jasur Jumayev.

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 17, Akrom Komilov 77.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport