
Elbek Rahimov. (chapda)
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirib ketildi. Bu haqda «Daryo»ga xabar bergan manbaga ko‘ra, voqea bugun, 17 avgust kuni soat 09:45 da sodir bo‘lgan.
«Yigit avvaliga rosa do‘pposlangan. So‘ngra pichoqlanib, yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketilgan. Marhumning jasadi Chiroqchi tumanining Yettitom qishlog‘idan topilgan», — deydi «Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan manba.
«Daryo» so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov qotillik voqeasini tasdiqladi.
Hayot Shamsutdinovning ma’lumot berishicha, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularning 6 nafari protsessual tartibda ushlangan.
Elbek RahimovQarshi ShahriQashqadaryo ViloyatiMMA JangchisiQotillik VoqeasiJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar