Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi
Bir necha kun avval O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qarorga kelgani borasida xabar berdi. Unga ko‘ra sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul ko‘rilgan.

Tomonlar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Srechko Katanets muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilgandi.

Bugun tunda 00:30da xorijlik mutaxassis Toshkentga keladi. Ertadan esa O‘FA vakillari bilan uchrashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, muzokara ijobiy yakunlansa, 20 avgust kuni Katanets ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar