07:53 / 19.08.2021
2 076

Temur Kapadze: "Srechko Katanetsga terma bosh murabbiyligida omad tilayman"

Temur Kapadze: "Srechko Katanetsga terma bosh murabbiyligida omad tilayman"
Coca Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Dinamo" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin og‘ir o‘tdi. Bu kutilgan edi. "Dinamo"ga chempionatda ham raqobatchilik qilyapmiz. Uchrashuvga yaxshi tayyorlandik. Penaltilar seriyasiga ham hozirlik ko‘rgandik. O‘yin bobida yutqazmadik. Bir necha vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ammo keraksiz vaziyatlarda gollar o‘tkazib yubordik. Penaltilar seriyasi - bu lotereya. Unda yigitlar ruxiy tomondan yaxshi holatda ekanligini ko‘rsata oldi.

- Qo‘shimcha bo‘limda jamoa hisobda oldinda borayotgan paytda navbatdagi golga harakat qildi. Bundan maqsad nima edi?
- Eng yaxshi himoya - bu hujum. "Dinamo" katta kuch bilan oldinga o‘tishini bildik va shu sababli katta xududlar ochila boshlandi. Ammo futbolchilar bundan foydalana olishmadi. Balki futbolchilarga tajriba yetishmayotgandir. Gol o‘tkazib yubordik. Balki bu mantiqan to‘g‘ridir. Penaltilar seriyasiga yaxshi tayyorlangandik. Asosiysi - g‘alaba. Futbolchilarni tabriklayman.

- "Olimpik" gol urganidan keyin tezda o‘tkazib yubordi. Balki shunday paytda jamoaga yoshi katta tajribali futbolchi kerakdir? "Olimpik"da shunday reja bormi?
- Yo‘q. Shunday o‘yinlar orqali yoshlar pishadi, tajriba oladi. Ikkinchi davra endigina boshlandi. Bunga qadar ular yoshlar jamoalari tarkibida o‘ynab yurishardi. Shu bilan birga Pro-liganing darajasi ham oshdi. Chunki jamoalar kuchli. "Dinamo", "Neftchi" va "Buxoro" kabi klublar Superliga darajasida. Ularning barchasi oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan. Ularga qarshi o‘yinlar esa yoshlarga tajriba bo‘lmoqda. Doimo o‘yinlarni taxlil qilamiz. Shu sababli futbolchilar navbatdagi o‘yinda yanada e’tiborliroq, tajribaliroq bo‘lib tushadi.

- O‘zbekiston milliy termasi bosh murabbiyligiga Sizning ham nomzodingiz bor edi. Endi Srechko Katanes terma boshqaruvini qo‘liga oldi. Bu haqida fikringiz.
- Milliy terma - barchaniki. Uning g‘alabasi barchani xursand qiladi. O‘FA rahbariyati bu borada ko‘plab murabbiylarning nomzodini ko‘rib chiqdi. Mening nomzodim esa matbuot tomonidan qo‘yildi. Chunki hamma biladi - men Olimpiya terma bosh murabbiyiman va oldimga katta maqsadlar qo‘yilgan. Srechko Katanetsga termamiz bosh murabbiyligida omad tilayman. Oyog‘i yengil kelgan bo‘lsin. Uning qo‘l ostida termamiz muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qilsin. Bu yo‘lda biz murabbiylar unga qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze: "Srechko Katanetsga terma bosh murabbiyligida omad tilayman"