2 275
Hakim Fuzaylov: "0:6dan keyin ruhan "sinib" qolmagani uchun futbolchilarimga rahmat aytaman"
Coca Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yindan oldingi ko‘rsatmalarda futbolchilarimga ular yosh va mahoratli futbolchilardan tashkil topganini, kuchli murabbiyga ega ekanligini aytgandim. Ular ancha vaqtdan buyon birga va jamoaviylik anchagina yuqori. Futbolchilarim yaxshi o‘yin namoyish qilishdi, ammo omad kelmadi. Bu Farg‘onada bo‘lgan o‘yin kabi kechdi. Mag‘lub bo‘ldik. Endi bor e’tiborimizni chempionatga qaratamiz. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan.
- Jo‘raboyevning bugungi uchrashuvda qatnashmagani sababi nima?
- Uning burni singan. Operatsiya qilindi. U singan burni bilan "Neftchi"ga qarshi o‘ynagandi. Usmonov esa Farg‘onadagi o‘yinda jarohat oldi. Shu boisdan uni almashtirganman. Darvozabonimiz ham "Neftchi" bilan o‘yinda jarohatlangandi.
- "Dinamo" o‘tgan o‘yinda 0:6 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa-da, futbolchilar bugun yomon o‘yin namoyish qilmadi. Ularning ruxiy holati yaxshi bo‘lgani uchun futbolchilarni maqtab o‘tsa bo‘ladimi?
- Biz o‘yinga tez qaytdik. Goldan keyin yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Futbolchilarim o‘zlari kutgan o‘yinni namoyish qilib bera olishdi. Oldimizda 8 o‘yin bor. Barchasi qiyin o‘tadi. Superligaga chiqish uchun qattiq kurashamiz. Kollektivimiz yaxshi ekanligini yigitlar bugun ko‘rsata oldi. 0:6dan keyin ruhan "sinib" qolmagani uchun futbolchilarimga rahmat aytaman.
- Penaltilar seriyasidan oldin darvozabonni o‘zgartirish haqida o‘ylamadingizmi? Zamonaviy futbolda shu yo‘l orqali murabbiylar o‘yinni qutqarib qolmoqda.
- Jon deb qo‘ygan bo‘lardim. Ammo u hali sinovdan o‘tmadi. Bunga qadar u "Turon" tarkibida deyarli o‘yinlarda qatnashgani yo‘q. Uchrashuv davomida Rahmatov bizni bir necha gollardan qutqarib qoldi. Shu sababli penaltilarga kelganda uni almashtirib, ruxiy holatiga ta’sir o‘tkazgandan nima foyda?
- Islom Sharipov maydonga tushganidan keyin uning qanoti faol ishladi. Nega u asosiy tarkibda maydonga tushgani yo‘q?
- U "Neftchi"ga bilan o‘yin kuni shifoxonada yotgandi. Taxminan uch kun oldin mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Uning zaxiradan maydonga tushgani ham yomon holat emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”