22:25 / 20.08.2021
2 282

So‘nggi daqiqalardagi gol "So‘g‘diyona"ni chorak finalga olib chiqdi

So‘nggi daqiqalardagi gol "So‘g‘diyona"ni chorak finalga olib chiqdi
O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Ayubxon No‘’monov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngiga qadar Turopov muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymda penaltidan noaniq zarba bergan Gulyamov "temiryo‘lchilar"ga pand berib qo‘ydi. Qo‘shimcha daqiqalarda Javohir Qahramonov "bo‘rilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shunday qilib, "So‘g‘diyona" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ularga endi chorak finalda "Nasaf" raqiblik qiladi.

"So‘g‘diyona" – "Lokomotiv" - 2:1
Gollar:
Ayubxon Nomanov 20, - 1:0 (Javohir Qahramonov). Diyor Turopov 43, - 1:1 (Sanjar Qodirqulov). Javohir Qahramonov 90+3 - 2:1

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov, 10.Shohruz Norxonov, 18.Darko Stanoyevich, 19.Javohir Qahramonov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 11.Jasur Hasanov, 14.Daniel Nasriddinov, 15.Jasur Hakimov, 17.Shahboz Jo‘rabekov, 20.Bahodir Nasimov, 25.Nodirbek Qo‘yboqov, 63.Asiljon Begimqulov, 88.Muhsin Bozorov.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Javohir Sidiqov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 4.Dilshod Komilov, 10.Marat Bikmayev, 19.Jasur Jaloliddinov, 22.Samuel Ope, 27.Islom Rashidxonov, 31.Javohir Abdualimov, 54.Igor Chikrizov, 94.Xurshidbek Muxtorov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » So‘nggi daqiqalardagi gol "So‘g‘diyona"ni chorak finalga olib chiqdi