AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 22 avgust tongida UFC on ESPN 29 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (9-2) o‘z debyutini o‘tkazdi. Unga Guam vakili Trevin Jons (13-7) raqib bo‘ldi.
Jang Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Uchinchi raund so‘ngida Qahramonov raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, Jonsni taslim etdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.
Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video
Qahramonov UFC’da jang qilgan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.
Saidyoqub Qahramonov 1995 yilning 14 noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Ushbu bellashuvga qadar sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi