23:35 / 22.08.2021
2 328

Lukaku "Chelsi"dagi debyuti haqida nima dedi?

Lukaku "Chelsi"dagi debyuti haqida nima dedi?
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku Premer-liganing "Arsenal"ga (2:0) qarshi kechgan bahsida yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi.
"G‘alabadan juda xursandman, biz juda yaxshi o‘ynadik va o‘yin davomida ustunlik qildik. Bundan-da ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, biz mana shu ruhda davom etishimiz kerak.

Har bir o‘yinda o‘z iqtidorimni namoyish etishga harakat qilaman. Oldinda hali ko‘p vazifalar bor, lekin bugungi g‘alaba yoqimli bo‘ldi. APLda raqobat yuqori.

Jamoa foydasi uchun ter to‘kishni, ko‘proq gol urishni va imkoniyatlar yaratishni xohlayman. Buning uchun jon-jahdim bilan harakat qilaman. "Chelsi" Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan juda kuchli jamoa. Klub yanada o‘sishni xohlaydi, men ham yangi zafarlar qozonishni istayman
", — dedi Lukaku.

Arsenal – Chelsi 0:2
Gol:
15 - Lukaku (0:1), 35 - Jeyms (0:2)
Arsenal – Leno, Soaresh, Mari, Xolding, Tirni, Jaka, Lokonga, Smit-Rou, Saka, Pepe, Martinelli.
Zaxira: Ramsdeyl, Tavaresh, Chembers, Kolashinas, Elneni, Meytlend-Naylz, Obameyang, Balogun, Nelson.
Chelsi – Mendi, Jeyms, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjino, Maunt, Xavers, Lukaku.
Zaxira: Arrisabalaga, Chiluell, Zuma, Silva, Chaloba, Kante, Ziyesh, Xadson-Odoi, Verner.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lukaku "Chelsi"dagi debyuti haqida nima dedi?