16:46 / 25.08.2021
2 071

Srechko Katanes va O‘FA vakillari Qarshida

Srechko Katanes va O‘FA vakillari Qarshida
Bugun Nasaf klubi OFK kubogi doirasida Ahal jamoasiga qarshi maydonga tushishidan xabaringiz bor. Ushbu bahsni bevosita maydondan kuzatish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlanishi kutilayotgan Srechko Katanes Qarshi shahriga yetib keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Bugun OFK Kubogi doirasida "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni bevosita o‘yingohda ko‘rish uchun Srechko Katanes hamda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurishdi.

"Nasaf" futbol klubi ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun O‘FA hamda PFL vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi
", - deyiladi klub xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes va O‘FA vakillari Qarshida