O‘zbekiston va Portugaliya futzal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsi o‘z yakuniga yetdi. Keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda hamyurtlarimiz yevropalik nomdor raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Futzal tariximizdagi eng shonli g‘alaba sababli jamoamiz sardori - Dilshod Rahmatov bilan aloqaga chiqdik.
- G‘alaba haqida fikringiz. G‘alabaning asosiy omili nimada bo‘ldi?
- O‘yin juda ham yaxshi bo‘ldi. O‘ylashimcha, bugun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyat yaratdik. Barchasiga uchrashuvga yaxshi ruhiy tayyorgarlik bilan tushganimiz ta’sir ko‘rsatdi. Mehmonda harakat qilganimizga qaramay, kuchli ishtiyoq evaziga g‘alaba qozondik. O‘zi grandlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida yaxshi ishtirok etayotgan bo‘lsakda, natija xafa qilayotgan edi. Bugun raqibga nisbatan himoyada kamroq xato qilganimiz tablodagi hisobga ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, bugun Portugaliya bizni mensimayroq parketga chiqib keldi. shu bois, o‘z kuchimizni ikki hissa namoyish etishga, xarakter ko‘rsatishga urindik.
- Argentina va Ispaniya bilan bahsda terma jamoamizda biroz ehtiyotkor ko‘ringandi. Bugun ancha tajovuzkor o‘yin ko‘rdik?!
- To‘g‘ri, Ispaniya bilan uchrashuvning birinchi bo‘limda qo‘rquv bo‘ldi. Shunga qaramay, ikkinchi taymda o‘zimizga keldik. 1:0 hisobi maydonda teng kuchlar to‘qnashganidan dalolat beradi. Ko‘proq himoyadagi tayyorgarligimizni sinab olishga uringanimiz uchun tashqaridan shunday ko‘ringan bo‘lishi mumkin.
Argentinaga qarshi o‘yinda esa, turli xil to‘rtliklarda to‘p surdik. Kuchli raqib fonida eksperimental tarkib va yangi kombinatsiyalarni sinab ko‘rganimiz uchun 3:1 natijasi bilan yengildik. O‘ylashimcha, raqib bizni Kosta-Rika bilan 3:3 o‘ynagan bahsimizdan xulosa qilib bizga baho bergani pand berdi. O‘zbekistonga past baho bergani uchun bugun ularni "jazoladik".
- Mundial oldidan saviyali terma jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish qaysi aspektlarda naf keltiradi deb hisoblaysiz?
- Birinchi navbatda o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar to‘g‘ri tanlanganini alohida e’tirof etish shart. Kosta-Rika Gvatemalaning protatipi bo‘lsa, Ispaniya guruhimizdagi Rossiya singari to‘p suradi. Ertaga (bugun) Angola bilan kuch sinashamiz. Sezganingizdek, bu terma bilan o‘yinda Misrga qarshi o‘ylagan rejalarimizni sinovdan o‘tkazamiz.
- Turnirga 15 kun qoldi. Mundial oldidan jamoaning kayfiyati qanday?
- Kayfiyat a’lo darajada! To‘g‘ri, natijalarimiz muxlislarimizni xursand qilmayapti, biroq shunday o‘yinlarda kamchiliklarimizni ko‘rib olishimiz mumkin. Xudo xohlasa, musobaqaga har jabhada tayyor holda bormoqchimiz. Maqsadimiz o‘zbek xalqiga quvonch ulashish!
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”