
Bugun, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida "Fair Fight" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning eng mashhur K-1 jangchilaridan biri Sher Mamazulunov ham ringga ko‘tarildi.
U belaruslik Yevgeniy Volchekka qarshi jang qildi. Uch raundlik ushbu qarama-qarshilik keskin va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakunda raqibiga nisbatan aniqroq va faolroq bo‘lgan hamyurtimiz chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat bilan sportchimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar