Foto: Twitter
Lionel Messi «Barselona»ni tark etganidan so‘ng bo‘sh qolgan 10-raqamni kimga berish aniqlandi. Katalon klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda 10-raqam ostida 18 yoshli Ansu Fati harakat qiladi. Ungacha Fatiga 31-raqam tegishli edi.
Fati «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoadagi debyutini 2019 yilning avgustida o‘tkazgan. O‘tgan vaqt davomida futbolchi 43 ta o‘yinda 13 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Qayd etish o‘rinli, Fati og‘ir jarohati tufayli 2020 yilning noyabridan buyon maydonga tushgani yo‘q.
Avvalroq «Barselona» 2021/22 yilgi mavsumda 10-raqamni hech kimga bermoqchi emasligi haqida xabar tarqalgandi.
Lionel Messi «PSJ»ga o‘tgunga qadar katalon klubi bilan Ispaniya chempionati (10), Ispaniya Kubogi va Superkubogi (7 tadan), Chempionlar Ligasi (4), Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati (3 martadan) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Messi faoliyati davomida «Barselona»dan boshqa jamoada o‘ynamagan. U «ko‘k-anorranglilar» safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin