19:56 / 05.09.2021
2 825

Himoyachilarning xatosi, Shomurodovdan gol – Katanetsning debyuti omadsiz chiqdi

Himoyachilarning xatosi, Shomurodovdan gol – Katanetsning debyuti omadsiz chiqdi
Shvetsiya – O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda Srechko Katanes shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda maydon egalari tezkor gol kiritishga erishdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Abdulla Abdullayev o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Bellashuvning 36-daqiqasida himoyachilarimizning xatosidan so‘ng Telen oradagi farqni yana bittaga oshirdi.

71-daqiqada termamiz hisobni qisqartirdi. Farrux Sayfiyevning ajoyib uzatmasini Shomurodov gol bilan yakunlab qo‘ydi. Shu tariqa, bahs so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmay qoldi.

Shvetsiya - O‘zbekiston 2:1
Gol:
Abdulla Abdullayev (avtogol), 56, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor Shomurodov 70, 2:1
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Abdulla Abdullayev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Farrux Ikromov, Eldor Shomurodov.
Zaxira: Valijon Rahimov, Sanjar Quvvatov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Abror Ismoilov, Xojimat Erkinov, Sanjar Qodirqulov, Akmal Mozgovoy, Azizbek Amonov, Igor Sergeyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Himoyachilarning xatosi, Shomurodovdan gol – Katanetsning debyuti omadsiz chiqdi